"Barselona" hujumchisi jarohat sabab safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48

"Barselona" hujumchisi Ferran Torres La Liga doirasidagi "Real Sosedad"ga (1:2) qarshi o'yinni sonidagi noqulaylik bilan yakunladi.
Shu munosabat bilan ispaniyalik forvard jamoa bilan Pragaga uchmaydi, u erda chorshanba kuni "Slaviya"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yini bo'lib o'tadi, deb yozadi AS.
Futbolchining sonining orqa qismida kichik jarohat borligi taxmin qilinmoqda, shuning uchun uning yakshanba kuni "Ovedo"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi istisno qilinmayapti. Ferranning qaydnomada bo'lishi uning holatiga bog'liq bo'ladi. Oktyabr oyi o'rtalarida Torres sonining cho'zilishi tufayli bir haftadan ko'proq vaqtni o'tkazib yuborgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345