Mbappe Bellingemga bo'lgan hushtakbozlik haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 525

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe muxlislarning Jud Bellingemni hushtakbozlik bilan qarshi olgani haqida fikr bildirdi.
"Uning sifatiga hech kim shubha qilmaydi. Jud sog'lom bo'lganida, u dunyodagi eng yaxshilardan biri", — dedi Mbappe.
"Bu hamma uchun qiyin. Muxlislar norozi ekanini tushunish mumkin. Lekin hushtakbozlik bo'lsa, u barchaga qaratilgan bo'lishi kerak. Bu Judning yoki biror bitta futbolchining aybi emas", — deya qo'shimcha qildi frantsuz hujumchisi.
"Real" ertaga Chempionlar ligasida "Monako"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389