"Borussiya" D vingeri ijaraga ketishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 424

"Borussiya" Dortmund vingeri Yulien Dyuranvill "Bazel"ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, ikki klub o'rtasidagi muzokaralar hali ham davom etmoqda. Ijara bo'yicha bitimning so'nggi jihatlarini kelishib olish qolgan. 19 yoshli futbolchi "Bazel"ga o'tishga qiziqish bildirgan, qolgan barcha takliflar esa hozircha rad etilgan.
Dyuranvill 2023 yilda "Anderlext"dan "Borussiya"ga 8,5 million evro evaziga ko'chib o'tgan. Joriy mavsumda u "qora-sariqlar"ning asosiy tarkibida birorta rasmiy o'yinda ishtirok etmagan. Futbolchining "Borussiya" bilan shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
395