Mbappe Xabi Alonso bilan munosabatlari qanday bo'lganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 447

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe o'zi bilan Xabi Alonso o'rtasida muammolar bo'lgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Eslatib o'tamiz, Alonso bir hafta avval madridliklar bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi.
"Xabi Alonso bilan hech qanday muammolarimiz bo'lmagan. Xabi muvaffaqiyatsiz bo'lgan, deb aytish — noto'g'ri. Uning qo'l ostida biz faqat Superkubokni yutqazdik, xolos. Mening fikrimcha, Xabi ajoyib murabbiy bo'ladi. U bilan munosabatlarim juda yaxshi edi", — deya Mbappening so'zlarini keltirdi Fabritsio Romano.
"Real" navbatdagi o'yinini seshanba kuni, 20 yanvar sanasida o'tkazadi. Alvaro Arbeloa jamoasi Chempionlar ligasida o'z maydonida "Monako"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
395