"Real"ning 5 futbolchisi Chempionlar ligasi o'yini oldidan mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 684

"Real" Chempionlar Ligasi o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. Seshanba kuni Alvaro Arbeloa jamoasi "Monako"ni qabul qiladi.
Xabarga ko'ra, dushanba kuni "Real" mashg'ulotlariga besh nafar futbolchi - Trent Aleksander-Arnold, Eder Militao, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi va Braim Dias tashrif buyurmadi. Braim kuni kecha Afrika kubogi finalida o'ynadi, qolganlarining sog'lig'ida muammolar bor.
Hujumchi Rodrigo esa mashg'ulotlarga qaytdi, bu yaxshi yangilik. Braziliyalik futbolchining "Monako"ga qarshi o'ynash imkoniyati borga o'xshaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381