"Nottingem Forest" "Napoli" forvardi transferiga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 397
"Nottingem Forest" "Napoli" hujumchisi Lorentso Lukka transferiga yaqin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano yozdi.
Qayd etilishicha, ingliz klubi futbolchini 1 million evro evaziga ijaraga oladi. Shuningdek, "o'rmonchilar"da hujumchini 35 million evro evaziga to'liq sotib olish huquqi bo'ladi. Lukka yozda "Udineze"dan "Napoli"ga o'tgan edi.
Joriy mavsumda Lorentso Lukka "Napoli" safida 22 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
386