Syorlot "Atletiko"ning hujumdagi asosiy yulduziga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Atletiko" hujumchisi Aleksandr Syorlot yanvar oyida o'tkazilgan 4 ta o'yinda 3 ta gol urdi.
Kecha Diego Simeone jamoasi La Liganing 20-turi doirasida o'z maydonida "Alaves"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona, g'alaba golini Syorlot 48-daqiqada kiritdi.
Norvegiyalik futbolchi 2026 yil boshidan buyon "Atletiko" urgan 4 ta goldan 3 tasiga mualliflik qildi. Qayd etilishicha, ushbu uch golning barchasi bosh bilan kiritilgan. Shuningdek, Serlot jamoada o'yindan gol ura olgan yagona futbolchi bo'lib qolmoqda: Ispaniya Kubogida "Deportivo"ga qarshi bahsda Antuan Grizmann jarima zarbasidan aniq ijro etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343