"Chelsi" Fofana bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

Yozda "Chelsi" hujumchi David Datro Fofanani ijara asosida "Fotih Karagyumryuk"ka yuborgan edi. Futbolchi u erda 15 ta o'yinda 8 ta gol urdi.
Biroq endi londonliklar o'yinchini ijaradan qaytarib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi. Sababi, Fofana xizmatlariga "Seltik" qiziqish bildirmoqda va shotlandiyaliklar futbolchini to'liq sotib olish niyatida.
David Datro Fofana 2023 yilda "Molde"dan "Chelsi"ga ko'chib o'tgan. Transfer summasi Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 12 million evroni tashkil etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279