"Liverpul" markaziy himoyasini kuchaytirishi mumkin bo'lgan ikki asosiy nomzod aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

"Liverpul" yangi himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Avvalroq "qizillar" tarkibda Mark Gexini ko'rishni istagan edi, biroq futbolchi "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin. Shu sababli endilikda "Liverpul"ning asosiy maqsadlaridan biri "Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni hisoblanmoqda. Qayd etilishicha, italiyalik futbolchi boshqa chempionatda o'zini sinab ko'rishga juda qiziqmoqda.
Shuningdek, "Liverpul" markaziy himoyachi pozitsiyasi uchun nomzodlar ro'yxatida "Borussiya" D futbolchisi Niko Shlotterbek ham bor. U joriy yil yozidagi jahon chempionatidan so'ng klubini tark etishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279