"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" APL futbolchisi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368

Hozirda "Bornmut" sharafini himoya qilayotgan 22 yoshli markaziy himoyachi Aleks Skott Angliya premer-ligasining ikki top-klubi qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. Bu haqda Teamtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi uchun kurashda "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari to'qnash keladi. Skottning bozor narxi 30 million evroga baholanmoqda. Himoyachi "Bornmut" bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma majburiyatlariga ega.
Aleks Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 21 ta uchrashuv o'tkazdi. Skott bitta gol urdi va ikkita sariq kartochka oldi.
"Shaharliklar" APLda ikkinchi, "MYu" esa beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319