Mendi: "Dias gol urmoqchi edi, men qilgan ishim uchun maqtovga loyiqman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Senegal terma jamoasi darvozaboni Eduard Mendi Afrika Kubogi finalida Marokashga qarshi o'yindagi penalti bilan bog'liq taxminlarga munosabat bildirdi.
"Mamlakat 50 yil kutgan o'yin tugashiga bir daqiqa qolganida biz kelishib oldik, deb o'ylaysizmi? U gol urmoqchi edi, seyv qilganim uchun maqtovga loyiqman, xolos. Shu bilan gaplarni to'xtatish kerak", - dedi darvozabon.
Senegal terma jamoasi Pape Guyening goli evaziga Marokash ustidan g'alaba qozondi. Shu tariqa, Senegal terma jamoasi o'z tarixida ikkinchi marta Afrika Kubogini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308