"Manchester Siti" yarim himoyachisiga London klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Mateo Kovachichga Angliya Premer-ligasining boshqa bir klubi qiziqish bildirmoqda.
31 yoshli futbolchini "Vest Xem" o'z safiga qo'shib olishni rejalashtiryapti. Transfer News Live xabariga ko'ra, «bolg'achilar» xorvatiyalik futbolchini Lukas Paketaning o'rniga asosiy nomzod sifatida belgilagan. Paketa esa Braziliyaning "Flamengo" jamoasiga o'tishi mumkin.
Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Kovachichning transfer qiymati 15 million evroni tashkil etadi. Joriy mavsumda u doimiy jarohatlar sababli Xosep Gvardiola jamoasi safida atigi 2 ta o'yinda ishtirok etgan. Futbolchining «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalariga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298