"Liverpul" futbolchisi "Tottenxem" e'tiborini tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 677

"Liverpul" yarim himoyachisi Kyortis Jons "Tottenxem"ning qiziqish doirasiga tushdi.
24 yoshli futbolchining «qizillar» bilan shartnomasi yana bir yarim yildan so'ng yakunlanadi, shu bois uning kelajagi noaniq deb baholanmoqda. Jurnalist Pol Djoys ma'lumotiga ko'ra, «shporlar» vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va mersisaydliklar tarbiyalanuvchisini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqyapti.
Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Kyortis Jonsning transfer qiymati 40 million evroga teng. Joriy mavsumda u Arne Slot jamoasi safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311