Xabi Alonso kelajagi bo'yicha tezkor qaror qabul qilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 406

"Real" sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso ishga qaytishga shoshilmayapti. Ispaniyalik mutaxassis o'tgan dushanba kuni lavozimidan ozod etilgan edi.
Shundan so'ng Alonso bilan turli klublar, asosan Angliya jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Times Sport ma'lumotiga ko'ra, mutaxassis Premer-ligada ishlash istiqbolini jozibali deb biladi, biroq joriy mavsum yakuniga qadar dam olish niyatida. Alonso iyun oyida kelib tushadigan barcha takliflarni ko'rib chiqadi.
Xabi Alonso o'tgan yil yozi boshidan beri «Real»ni boshqarib kelgan, undan avval esa "Bayer"da muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan edi. "Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi lavozimiga Alvaro Arbeloa tayinlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
299