"Aston Villa" yozdan buyon ilk bor o'z maydonida mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 457

"Aston Villa" yakshanba kuni kechqurun muxlislarini ranjitdi. Unai Emeri jamoasi Premer-liga doirasidagi o'yinda o'z maydonida "Everton"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bundan oldin «Aston Villa» oxirgi bor uy uchrashuvida yozda — 31 avgust kuni "Kristal Pelas"dan 0:3 hisobida yutqazgan edi. Shundan so'ng birmingemliklar barcha musobaqalarda — Premer-liga va Evropa ligasida — o'z maydonida ketma-ket 11 ta g'alabali seriya qayd etgan. Endi esa ushbu seriya to'xtatildi.
«Aston Villa» navbatdagi uy uchrashuvini 29 yanvar kuni "Red Bull Zaltsburg"ga qarshi Evropa ligasi doirasida o'tkazadi. Unai Emeri jamoasining eng yaqin o'yini esa 22 yanvar kuni mehmonda — "Fenerbaxche"ga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
300