"Lids" Bundesligadan o'yinchi olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 432

Germaniyaning "Verder" jamoasi yarim himoyachisi Romano Shmid Angliyaning "Lids" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, transfer bo'yicha muzokaralar jadal tarzda davom etmoqda. Kutilishicha, Shmid bonuslarni hisobga olmagan holda 15 million evro evaziga jamoasini almashtiradi.
«Shturm» tarbiyalanuvchisi bo'lgan Shmid 2019 yildan beri «Verder» safida to'p tepib kelmoqda. U Avstriya terma jamoasi tarkibida 31 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan. Joriy mavsumda esa 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda 2 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305