«Dinamo» yana bir yangi legioner transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

«Dinamo» PFK 2026 yilgi yangi mavsum oldidan navbatdagi yangi legioner bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.
Dubayda yig'in o'tkazayotgan jamoa safiga Til Mavretich kelib qo'shildi. 28 yoshli sloveniyalik yarim himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Mavretich so'nggi uch mavsumni Estoniya futboli grandi «Levadiya» safida o'tkazib, chempionat, kubok, EChL va Evropa Konferentsiya ligasi saralash bahslarida jami 102 o'yinda maydonga tushgan. Xususan, so'nggi 2025 yilgi mavsumda 30 o'yinda 2ta gol va 3ta assist qayd etgan.
Markaziy yarim himoyachi faoliyati davomida Sloveniyaning «Interblok», «Goritsa», «Tabor Sezana», Italiyaning S Seriyasi vakili «Monopoli» klublarida ham faoliyat yuritgan.
Ma'lumotnoma:
Til Mavretich
Tug'ilgan joyi: Lyulyana, Sloveniya.
Tug'ilgan sanasi: 19 noyabr, 1997 yil
Ampluasi: Yarim himoyachi.

Bosh sahifaga
263