Diego Simeone «Atletiko»ning minimal hisobdagi g'alabasiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 423

Ispaniya chempionatining 20-turi doirasida "Atletiko" o'z maydonida "Alaves"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu natija haqida «matraschilar» ustozi Diego Simeone fikr bildirdi.
«Jamoa birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdi. Bu mavsumdagi “Atletiko”ning eng yaxshi birinchi taymlaridan biri bo'ldi. Tanaffusdan keyin ham shu ruhda o'ynashda davom etdik va gol urishga erishdik. Uchrashuv oxirida mehmonlar durangni ilib ketishga urindi, chunki ustunlik minimal edi», — deya Simeonening so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Kechagi g'alabadan so'ng "Atletiko" 41 ochko jamg'ardi va turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272