Kazemiro «MYu»da ekanligidan xursand
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 438

"Manchester Yunayted"ning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro mankunianliklar safida to'p tepayotganidan baxtiyor ekanini aytdi.
Uning so'zlariga ko'ra, "MYu" Angliyaning eng yirik klubi hisoblanadi.
"Men bundan zavqlanaman va kiyinish xonasidagi barcha futbolchilarga bu tuyg'uni etkazishga harakat qilaman: "Manchester Yunayted" uchun o'ynash muhim. Bu erga kelish juda qiyin," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi jurnalist Tomas Alenkar.
2025/2026 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi klub safida barcha turnirlarda 20 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
33 yoshli braziliyalikning bozor narxi sakkiz million evroni tashkil etadi. Uning "MYu" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar imzolangan.

Bosh sahifaga
268