Frantsiya terma jamoasining sobiq yulduzi Dimitri Payet zo'ravonlikda ayblanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 931

«Vest Xem» va «Marsel» jamoalarida to'p surgan Dimitri Payet atrofida yangi mojaro avj olmoqda. 2023–2025 yillar oralig'ida Braziliyaning «Vasko da Gama» klubi sharafini himoya qilgan frantsiyalik vinger yana jiddiy ayblovlar markazida qoldi.
Futbolchining sobiq sevgan ayoli Braziliyadagi munosabatlari davomida u jismoniy, psixologik va jinsiy bosimga duch kelganini ma'lum qildi. Bu haqda Britaniyaning "The Sun" nashri xabar bermoqda.
Advokat va inflyuenser Larissa Ferrarining aytishicha, u Payet bilan 2023 yilda ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan. Ilk bosqichda futbolchi g'amxo'rlik qilgan, ammo vaqt o'tishi bilan uning xulqi o'zgarib, har bir qadamini nazorat qila boshlagan va haqoratlarga yo'l qo'ygan. 2024 yil aprelida Ferrari Braziliya politsiyasiga murojaat qilib, sportchi unga tan jarohatlari etkazgani va turli shaklda zo'ravonlik qo'llaganini bildirgan.
Ferrarining so'zlariga ko'ra, Payet uni kamsituvchi harakatlarda ishtirok etishga majburlagan va yonida ushlab turish uchun «psixologik manipulyatsiyalar»dan foydalangan. Uning ta'kidlashicha, futbolchi aloqalarini namoyishkorona ko'rsatgan, ko'plab romanlari bilan maqtangan, jazolash va haqorat qilish usullariga murojaat qilgan. Shuningdek, ayol futbolchidan homilador bo'lganini, ammo keyinchalik bolasini yo'qotganini da'vo qilmoqda.
Dimitri Payet esa o'ziga qaratilgan barcha ayblovlarni qat'iyan rad etmoqda. Hozirda u 2025 yil yozida «Vasko da Gama» bilan hamkorlikni yakunlaganidan so'ng klubsiz qolmoqda.

Bosh sahifaga
342