Paulo Dibala so'nggi 20 yildagi A seriya rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala 2006/2007 yilgi mavsumdan buyongi davrda A seriya tarixidagi eng sermahsul legioner sifatida tarixga kirdi. Uning hisobida kamida 200 ta golli harakat bor — 131 ta gol va 69 ta samarali uzatma.
Italiya chempionatining 21-turida «Torino»ga qarshi bahsda (2:0) argentinalik futbolchi gol urib, yana bir golga assistlik qildi.
Futbolchi «Roma» safiga 2022 yil yozida «Yuventus» bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng erkin agent sifatida qo'shilgan. Shu tariqa u so'nggi 20 yil ichida turnirda 200 ta golli harakat marrasiga etgan ilk legionerga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297