«Barsa» juda katta ustunlikni g'alabaga aylantira olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49

"Barselona" uchdan ortiq gol urishi mumkin bo'lgan o'yinda "Real Sosedad"ga yutqazdi.
Xans-Diter Flik jamoasi mehmonda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ular o'yin davomida raqib darvozasiga 25 ta (raqib 7 ta) zarba yo'llagan bo'lsa, ulardan 9 tasi darvozaga aniq bordi (mezbonlarda 6 ta aniq zarba).
"Ko'k-anorranglilar"ning kutilgan gollari ko'rsatkichi 3,69, raqibniki esa 1,01 (ta'kidlash kerakki, bu ma'lumotlar FlashScore saytidan olingan bo'lib, u "Sosedad"ning rasmiy 7 ta emas, 8 ta zarbasini hisoblab chiqqan).
Shuningdek, "Barselona" to'pga 72,7 foiz egalik qildi va 6 ta burchak zarbasi amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305