«Liverpul» Slotni iste'foga chiqarishda shoshqaloqlik qilmoqchi emas. Murabbiyga minimal vazifa belgilandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5949

Arne Slot "Liverpul" bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
The Athletic nashrining ta'kidlashicha, klub egalari Fenway Sports Group joriy mavsumda bir qator muvaffaqiyatsizliklarga uchraganiga qaramay, niderlandiyalikni ishdan bo'shatmoqchi emas. Ta'kidlanishicha, "qizillar" 47 yoshli mutaxassisni qo'llab-quvvatlamoqda. Klub mavsum o'rtasida murabbiyni almashtirishga qaror qilgan "Manchester Yunayted" va "Chelsi"ga o'xshab shoshqaloqlik bilan qaror chiqarmoqchi emas.
Bu mavsumda Slot uchun minimal vazifa - Chempionlar Ligasiga yo'l olish. Hozircha "Liverpul" APLda 4-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288