Xavi mashhur klubni qabul qilib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 686

Xavi "Barselona"ni tark etgach, bir yarim yildan buyon ishsiz yuribdi. Taniqli jurnalist Xavi Migelning fikricha, Xavi yozda "Ayaks"ni boshqarishi mumkin.
"Yordi Kroyffning "Ayaks" sport direktori etib tayinlanishi bilan Xaviga yozda yangi variant ochiladi," - deb yozdi jurnalist ijtimoiy tarmoqda.
Xabaringiz bor, "Ayaks" mavsumni yomon o'tkazmoqda va hozirda Niderlandiya chempionati turnir jadvalida atigi uchinchi o'rinni egallab turibdi. Amsterdamliklar peshqadam PSVdan 18 ochko ortda qolmoqda.
"Ayaks" navbatdagi o'yinini 20 yanvar, seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293