Senegal terma jamoasi Afrika kubogi finali oldidan tashkilotchilik bo'yicha o'z noroziligini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 813

Senegal terma jamoasi Afrika milliy jamoalari kubogi final bahsi oldidan Afrika futbol konfederatsiyasiga norozilik bildirdi. Bu haqda New York Times xabar bermoqda. Senegal finalda tunri mezboni Marokashga qarshi maydonga chiqadi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Senegal terma jamoasi muxlislariga berilgan chiptalar sonidan norozilik bildirgan. Faqat uch mingdan kam senegallik ishqibozlar o'yinni jonli ko'rish imkoniga ega bo'ldi. Final bo'lib o'tadigan "Shahzoda Mulla Abdulloh" stadioni 69 500 kishiga mo'ljallangan.
Shuningdek, Pap Tiav boshchiligidagi jamoa o'yinchilar va terma jamoa xodimlarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida mashg'ulot bazasini almashtirishga majbur bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317