Jon Duranning diskvalifikatsiyasi 1 ta o'yinga qisqartirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 697

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi forvardi Jon Duranning evrokuboklardagi diskvalifikatsiya muddati 2 o'yindan 1 o'yinga qisqartirildi. Bu haqda Fotomac portali xabar berdi.
Evropa ligasi doirasidagi "Ferentsvarosh"ga qarshi o'yinning 91-daqiqasida Jon Duran qizil kartochka oldi. UEFA qaroriga ko'ra, futbolchi 2ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi, biroq apellyatsiyadan so'ng jazo 1ta o'yinga qisqartirildi. Shu tariqa, Duran 2023-2025 yillar davomida to'p tepgan "Aston Villa"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin bo'ladi.
Duranning transfer huquqi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubiga tegishli, "Fenerbahche"da 22 yoshli hujumchi ijara asosida o'ynamoqda. 18 ta o'yinda u 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
318