"Inter" himoyachisi De Vreyga Angliya klubi qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 851

"Inter" sharafini himoya qilayotgan himoyachi Stefan de Vrey Angliya Premer-ligasi klubi e'tiborini tortdi. Transfer News Live nashrining Football Insider’ga tayanib xabar berishicha, 33 yoshli de Vrey "Nyukasl" radariga tushib qolgan.
Qayd etilishicha, "Nyukasl" de Vreyga so'rov yuborgan. Niderlandiyalik futbolchining "Inter" bilan shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.
Stefan de Vrey "Inter" safida 2018 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda. O'shandan beri himoyachi 288 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 13 ta gol va sakkizta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Nufuzli Transfermarkt portali de Vreyni 3,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311