"Bavariya" direktori 39 yoshli Noyerning kelajagi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 670

"Bavariya" sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Maks Eberl myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyerning kelajagi haqida gapirdi.
"Manuning hozirgi o'yini - bu jahon darajasidagi o'yin. Xotirjammiz. Mavsum oxirida, aprel-may oylarida suhbatlashamiz va hammasi qanday bo'lishini ko'ramiz. Hozir u juda yaxshi o'ynamoqda," - dedi Eberl.
Mart oyida germaniyalik posbon 40 yoshga to'ladi. U "Bavariya" safida 2011 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Myunxenliklar safida Noyer 12 marta Bundesliga oltin medalini qo'lga kiritgan va ikki marta Chempionlar Ligasi g'olibiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312