"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi "Xall Siti"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62

"Xall Siti" "Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Tobi Kollayerni mavsum oxirigacha ijaraga olishga kelishib oldi. Bu haqda Hull Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Xall Siti" futbolchining transferi bo'yicha kelishuvni 19 yanvar, dushanba kuni yakunlashni kutmoqda.
Joriy mavsumning birinchi qismini Kollayer "Vest Bromvich"da ijarada o'tkazdi. Chempionshipning 12 o'yinida u bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachi 2022 yildan beri "Manchester Yunayted" tizimida o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312