Van Deyk: "Liverpul" muxlislarining hushtakbozliklarini yoqtirmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 733

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk APLda "Byornli"ga (1:1) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"60 daqiqadan so'ng beparvo o'ynay boshladik va bu birinchi marta emas. Bu muammoni hal qilish kerak. Bu haqda allaqachon gapirildi, lekin aftidan, biz bu masalaga qaytishimiz kerak.
Vaziyatni tahlil qilish uchun yana ikki kun vaqtimiz bor. Biz tahlilni o'tkazamiz, keyin harakat qilamiz. Aytishim mumkinki, hozir nimadir etishmayapti va biz buni o'zgartirmoqchimiz.
Haqiqat shunday va biz qo'llab-quvvatlashga muhtojmiz. Menga muxlislarimizning hushtakbozligi yoqmaydi", - deydi van Deyk.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
384