Xabi Alonsoning "Tottenxem" borasidagi fikri ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3243

Xabi Alonso "Tottenxem" radarida ekani aytilmoqda. Londonliklar jamoaning yomon natijalari tufayli Tomas Frank bilan xayrlashishi mumkin.
Independent nashrining yozishicha, Alonsoning nomzodi haqiqatan ham klubda tilga olingan, ammo 44 yoshli mutaxassisning o'zi yaqin oylarda unda yanada jozibali variantlar bo'lishiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xabi Alonso "Real" bosh murabbiyligidan ketgandi. Klub Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatning ertasi kuni murabbiy bilan xayrlashdi.
"Tottenxem" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388