Xabi Alonso APL klubini qabul qilib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 756

Germaniyaning "Bayer" va Madridning "Real" klublari sobiq ustozi Xabi Alonso Angliya Premer-ligasida ish boshlashi mumkin. Bu haqda Teamtalk xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis xizmatiga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. "Shporlar" joriy mavsumda yomon natijalar qayd etayotgan Tomas Frank o'rniga Alonsoni nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Alonso shu hafta boshida "Real" boshqaruvidan iste'foga chiqarilgan edi.
Angliya Premer-ligasining 22-turidan keyin "Tottenxem" 27 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
426