Yamal nima uchun Instagram akkauntidagi barcha postlarni o'chirib tashlagani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2476

Ispaniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lamin Yamal o'zini qadrlaydigan va futboldan chalg'itmaydigan odamlar bilan do'stlashishga qaror qildi. Bu haqda futbolchining yaqin doirasiga tayanib, X ijtimoiy tarmog'idagi The Touchline xabar bermoqda. Manba ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik o'yinchi futbol maydonida o'z iste'dodini namoyish etishga e'tiborini qaratmoqchi.
Aytilishicha, Yamal endi hech qanday mojarolarga aralashishni istamaydi.
Avvalroq Lamin Yamal o'zining Instagram akkauntidagi barcha postlarni o'chirib, faqat reklamalarini qoldirgan edi. Joriy mavsumda 18 yoshli futbolchi "Barselona" safida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda 10 ta gol urgan va 11 ta golli uzatma bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
423