Peter Shmeyxel "Manchester Yunayted"ning Kerrik qo'l ostidagi o'yiniga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

"Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel "qizil iblislar"ning APL doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yindagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.
"Maykl Kerrik va uning murabbiylar shtabiga bo'lgan hayratimni ifodalashga so'z topolmayman! Qisqa vaqt ichida ular erishgan natijalar aql bovar qilmaydi. Ruben Amorim jamoani eplay olmadi, ammo kecha "MYu" ajoyib edi. Uzoq vaqtdan beri birinchi marta "Manchester Yunayted" o'yinini tomosha qilish juda yoqimli edi. Rahmat, Kerrik! - dedi Shmeyxel.
Eslatib o'tamiz, Kerrik "Manchester Yunayted" boshqaruvidagi dastlabki o'yinda "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida mag'lub etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377