«MYu» Portugaliya terma jamoasi a'zosi uchun 23 million evro sarflashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga tegishli bo'lgan portugaliyalik yarim himoyachi Ruben Nevesh Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin.
Football Insider jurnalistlari tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchini "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Potentsial bitim qiymati taxminan 23 million evroga baholanmoqda.
Neveshning amaldagi mehnat shartnomasi muddati kelgusi yozda tugaydi.
28 yoshli yarim himoyachi Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida 13 ta o'yin o'tkazdi. Nevesh 6 ta gol (4 tasi penaltidan) va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314