"Kristal Pelas" futbolchisi uchun "Yuventus" to'lashga tayyor bo'lgan summa aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Hujumchi Jan-Filipp Mateta tez orada "Kristal Pelas"dan Italiya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Martsioning o'z saytida ma'lum qilishicha, futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgan "Yuventus" hujumchini ikki million evroga ijaraga olib, keyinchalik 28 million evroga to'liq transfer qilmoqchi. Futbolchini majburiy sotib olish sharti kelishuvga kiritiladi va klub Evropa Ligasiga chiqqan taqdirda ishga tushadi.
Bu mavsumda Mateta APLda 22ta o'yinda maydonga tushib, 8 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Uning ingliz klubi bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan bo'lib, transfer qiymati 40 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314