«Real» qo'llab-quvvatlashi ham Vinisiusni jamoada olib qolishiga etarli bo'lmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 468

Vinisius Juniorning "Real"dagi kelajagi hamon savollar ostida qolmoqda. Klub rahbariyati braziliyalikni qo'llab-quvvatlamoqda, murabbiy Alvaro Arbeloa ham yulduz hujumchiga umid qilmoqda, ammo futbolchining ketishi ehtimoli yuqori.
Marca xabariga ko'ra, "Real"dagilar avvalgidek Vinisiusning maosh bo'yicha talablarini oshib ketgan deb hisoblaydi. Bundan tashqari, futbolchining klub muxlislari bilan buzilgan munosabatlarini tiklash juda mushkul - muxlislarga uning xatti-harakatlari yoqmayapti.
Avvalroq turli manbalar Vinisius kelasi yozda sotilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Transfermarkt portali 150 mln evroga baholagan hujumchiga Evropa grandlari va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirmoqda.

Bosh sahifaga
295