Runi: "Birinchi gol tezkor qarshi hujum natijasida sodir bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi jamoasining Premer-ligada "Manchester Siti" ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g'alabasini yuqori baholadi.
"Albatta, men juda xursandman. Jamoa ruhi, mehnatsevarlik, g'ayrat - bugun hamma narsa ajoyib edi.
Men futbolchilardan juda mamnunman - muxlislar buni so'nggi bir necha yil davomida kutishgan. Bilaman, bu shunchaki bitta o'yin, lekin hamma bu jamoaning qanchalik kuchli bo'lishi mumkinligini ko'rdi.
Hamma, ayniqsa biz, sobiq o'yinchilar, "Yunayted"ning DNKsi haqida gapiramiz va bugun biz buni ko'rdik: to'psiz ishlash, vingerlarining orqaga chekinishlari va himoyachilarga yordam berishi, jarima maydonchasiga uzatmalar va ularni yakunlash istagi.
Birinchi gol tezkor qarshi hujum natijasida sodir bo'ldi. "Yunayted"ning DNKsi va bizga aynan shu narsa etishmayotgan edi", dedi Runi.

Bosh sahifaga
271