"An-Nasr" nihoyat g'alabasiz o'yinlar seriyasini to'xtata oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 495

"An-Nasr" so'nggi 5 o'yinda ilk bor g'alaba qozondi.
Krishtianu Ronaldu to'p tepayotgan jamoa Saudiya Arabistoni chempionatining 16-turida "Ash-Shabab"ni mag'lub etdi (3:2).
"An-Nasr" 34 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Al-Ahli"da ham shuncha ochko bor. "Al-Hilol" 38 ochko va bitta zaxira o'yini bilan peshqadamlik qilmoqda.
Keyingi turda "An-Nasr" safarda "Damak" mehmoni bo'ladi. O'yin 21 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313