Zaxiradan maydonga tushgan Olise 3 ta golli uzatma bergan holda Riberining rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

"Bavariya" vingeri Maykl Olise Bundesligada "RB Leyptsig"ga qarshi o'yinda (5:1) gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Frantsiyalik futbolchi 56-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Shundan so'ng u Xarri Keyn, Jonatan Ta va Aleksandr Pavlovichga assistentlik qildi va 88-daqiqada o'zi gol urdi.
Olise statistik ma'lumotlar to'planishni boshlaganidan beri (2004/2005 yilgi mavsum) Bundesliga o'yinida zaxiradan maydonga tushganidan keyin uchta golli uzatmani amalga oshirgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha faqatgina "Bavariya"ning sobiq vingeri Frank Riberi 2019 yilda "Volfsburg"ga qarshi o'yinda bunga erishgandi.
Bundesliganing mavsumdagi 18 ta o'yinida Olise 10 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
301