Arbeloa «Real» muxlislarining noroziligiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 334

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa muxlislarning klub prezidenti Florentino Peresdan noroziligiga izoh berdi.
La Liga doirasidagi "Levante"ga qarshi o'yinda (2:0) "Real" muxlislari "Florentino, ket!" deya hayqirishdi va futbolchilarga hushtakbozlik qilishdi. Shuningdek, Madriddagi o'yin oldidan Peres tanqid qilingan bannerlar paydo bo'ldi.
"Men bu hushtakbozlik, bu kampaniyalar qaerdan kelayotganini bilaman. Bu ish bilan Florentino jamoasini yoqtirmaydiganlar emas, "Real"ni yoqtirmaydiganlar shug'ullanadi.
Peres - "Real" tarixida Santyago Bernabeu bilan bir qatorda eng muhim shaxs. Biz, "Real" muxlislari, Florentino bu klub uchun nimalar qilganini bilamiz.
Biz bu noroziliklar qaerdan kelayotganini bilamiz," - dedi Arbeloa.

Bosh sahifaga
269