"Borussiya" Dortmund oktyabr oyidan buyon Bundesligada mag'lub bo'lmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 508

Dortmundning "Borussiya" klubi oktyabr oyidan beri Bundesligada mag'lub bo'lmayapti.
Mag'lubiyatsiz seriya 11 o'yindan iborat - 7 g'alaba va 4 durang.
Kecha Niko Kovach jamoasi 18-turda o'z maydonida "Sankt-Pauli"ni mag'lub etdi (3:2). 95-daqiqada Emre Jan penaltidan g'alaba to'pini kiritdi.

Dortmundliklar 39 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. "Bavariya" bilan oradagi farq 11 ochkoni tashkil etmoqda.
Germaniya chempionatining navbatdagi o'yinini "Borussiya" 24 yanvar kuni safarda "Union"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270