“Australian Open – 2026”. Bugun hamyurtimiz o'z yurishini boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 631

Melburn shahrida tennis bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida "Katta dubulg'a" turkumidagi “Australian Open – 2026” musobaqasi asosiy to'r bahslarining birinchi davrasi start oldi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu musobaqada terma jamoamizning 2 nafar a'zosi: Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova ishtirok etadi. Ushbu musobaqaning bugungi bahslarida Polina ilk bosqichda ispaniyalik Guyomar De Reales bilan raqobatlashsa, ertaga 19 yanvar kuni Kamilla Rahimova AQSh vakili Koko Gauff bilan to'qnash keladi.
Shuningdek, Kamilla 20 yanvar kuni rossiyalik sherigi Anna Blinkova bilan tandemda juftlik bellashuvlarining ilk bosqichida tayvanlik Chan Hao-ching va xitoylik Jiang Xinyu dueti bilan kuch sinashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262