Sebalos "Real"ning o'yiniga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos jamoaning "Levante"ga (2:0) qarshi o'yindagi harakatlari haqida fikr bildirdi.
"Qaymoqranglilar" yangi murabbiy Alvaro Arbeloa qo'l ostida ilk bor g'alaba qozonishdi. Gollarga 58 va 65-daqiqalarda Kilian Mbappe hamda Raul Asensio mualliflik qildi.
"Quyi blokda yaxshi himoyalanadigan jamoaga qarshi oson o'yin bo'lmasligini bilardik. Avvaliga unchalik yaxshi harakat qilmadik, lekin o'yin davomida asta-sekin yaxshilanib bordik. Yakunda uch ochkoni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldik," - dedi Sebalos o'yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303