APL. «Atalanta» «Lechche»ni yanchib tashladi (videosharh 18+)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 520

Italiya chempionatining 26-turi doirasida «Atalanta» o'ta yirik hisobda g'alaba qozondi. Bergamoliklar safarda "Lechche" jamoasi mehmoni bo'lib, raqib darvozasiga naq 7ta to'p yo'lladi.
Birinchi bo'lim o'rtasigacha mehmonlar raqib darvozasiga ikkita to'p kiritishgan bo'lsa, mezbonlar tanaffusga qadar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi.
Ikkinchi taymda esa "Atalanta" o'zining haqiqiy kuchini namoyish qilib, raqib darvozasiga yana 5ta to'p yo'lladi. Bergamoliklar hujumchisi Duvan Sapata "xet-trik"ga erishib, A seriyaning ushbu mavsumidagi gollari sonini 11taga etkazib oldi. "Atalanta"ning Italiya chempionatidagi gollari soni esa 70taga etdi.
Ushbu g'alabadan keyin Jan Pero Gasperini jamoasining ochkolari 48taga etdi va klub 4-pog'onani mustahkamlab oldi.
Italiya A seriyasi, 26-tur
Lechche – Atalanta 2:7 (2:2, 0:5)
Gollar: 0:1 – 17, avtogol Donati, 0:2 – 22 Sapata, 1:2 – 29 Saponara, 2:2 – 39 Donati, 2:3 – 47 Ilichich, 2:4 – 54 Sapata, 2:5 – 62 Sapata, 2:6 – 87 Muriel, 2:7 – 90 Malinovskiy.
Lechche – Gabriel, Donati, Rossettini, Luchoni, Kalderoni, Maer (Taxtsidis, 63), Barak, Deyola, Mankozu (Shaxov, 63), Saponara, Lapadula.
Atalanta – Gollini, Xatebur, Palomino, Kaldara, Gosens, Froyler, de Ron, Gomes (Malinovskiy, 69), Pashalich, Ilichich (Muriel, 73), Sapata (Tamez, 85).
Ogohlantirishlar: Xatebur (45), Palomino (57), Luchoni (66), Saponara (70).

Bosh sahifaga
273