Arbeloa "Real" g'alabasidan keyin Mbappening o'yiniga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298

Madridning "Real" klubi yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Kilian Mbappening "Levante"ga (2:0) qarshi o'yindagi ishtiroki haqida gapirdi.
Frantsiyalik hujumchi joriy yilda ilk bor "qaymoqranglilar" safida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Aynan u uchrashuvning 58-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 65-daqiqada Raul Asensio yakuniy natijani o'rnatdi.
"Mbappedan sa'y-harakatlari uchun minnatdorman. Kilian bizning etakchimiz. U tizzasidagi og'riqqa qaramay o'ynash uchun katta kuch sarfladi, o'zini ko'rsatish va jamoaga yordam berish istagi bilan yondi. Ajoyib yigit, tug'ma etakchi," - dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322