Dibala yangi klubga o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223

"Roma" hujumchisi Paulo Dibala tez orada jamoasini o'zgartirishi mumkin. 32 yoshli futbolchi vataniga qaytishga tobora yaqin - unga "Boka Xuniors" da'vogarlik qilmoqda.
Hujumchi "ko'k-oltinlar" safiga o'tishga qiziqish bildirmoqda - u faoliyatini davom ettirishning aynan shu variantini ustuvor deb hisoblamoqda, deb yozadi jurnalist Ekrem Konur. "Roma" jahon chempioni transferi uchun taxminan 2-3 mln evro so'ramoqda. "Boka"dagilar kelishuvni amalga oshira olishlariga ishonishmoqda.
Paulo Dibalaning shartnomasi mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi. Futbolchi Rim jamoasi safida joriy mavsumda 19 ta o'yinda ikkita gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
316