Arbeloa Bellingemning o'yini haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Levante"ga (2:0) qarshi o'yindan keyin yarim himoyachi Jud Bellingem haqida gapirdi.
22 yoshli angliyalik futbolchi La Liganing shanba kungi o'yinida "qaymoqranglilar"ga uch ochkoni qo'lga kiritishda yordam berdi.
"Hafta davomida Jud o'zini qanday ko'rsatayotganini kuzatdim. U yosh bo'lishiga qaramay, etuklik va tajribaga ega bo'lganlardan. Unda "Real"da o'ynash uchun barcha sifatlar bor. Afsuski, bugun Bellingem gol ura olmadi, ammo u Mbappe, Vinisius va Valverde kabi haqiqiy etakchi. Qiyin damlarda aynan shu futbolchilarga tayanishimiz kerak, chunki ular nihoyatda iqtidorli va barchasini yaxshi tomonga o'zgartira oladi," - deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.

Bosh sahifaga
323