"Arsenal" London klubining Nvaneri bo'yicha taklifiga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

"Arsenal"da hujumkor yarim himoyachi Itan Nvanerini ijaraga berish istagi yo'q.
18 yoshli o'sib kelayotgan yulduzni ijaraga olish uchun Londonning boshqa bir klubi - "Vest Xem" tayyor edi. "To'pchilar" "bolg'achilar"ga rad javobini berishdi, deb xabar beradi Football London.
"Arsenal"dagilar vaziyatning vaqtinchalik o'zgarishi yosh ingliz foydasiga xizmat qilishiga ishonmayapti.
Itan Nvaneri joriy mavsum Mikel Arteta jamoasining 12 o'yinida maydonga tushdi. Futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan bo'lib, uning qiymati Transfermarkt portali bahosiga ko'ra 40 mln evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335