"Yuventus" Zirkzeega qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23772

Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, "Yuventus" Jan-Filipp Mateta bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, "Manchester Yunayted"dan Joshua Zirkzening transferini ko'rib chiqmoqda.
Turinliklar "Kristal Pelas" bilan forvardni majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, agar "Manchester Yunayted" Zirkzeening ketishiga ochiq bo'lsa, "Yuventus" ham uning nomzodini ma'qul ko'radi.
Italiya klubi short-listidan "Fenerbaxche" vakili Yussef En-Nesiri ham o'rin olgan bo'lib, unga "Napoli"dan Antonio Konte ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317